“KELAJAKKA YÖL — XORIJIY TILLAR BILAN”: ÖZDJTU XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI ŞAYXONTOHUR TUMANIDA HAM OÇILDI

“KELAJAKKA YÖL — XORIJIY TILLAR BILAN”: ÖZDJTU XORIJIY TILLARNI RIVOJLANTIRIŞ VA ÖQITIŞ MARKAZI ŞAYXONTOHUR TUMANIDA HAM OÇILDI

Özbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan umumta’lim maktablari öquvçilarining xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini oşiriş, ularning bilim va amaliy könikmalarini rivojlantiriş hamda zamonaviy ta’lim metodikalarini keng joriy etiş maqsadida “Kelajakka yöl — xorijiy tillar bilan” şiori ostida amalga oşirilayotgan taşabbus doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.

21-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Xorijiy tillarni rivojlantiriş va öqitiş markazining navbatdagi oçiliş marosimi Şayxontohur tumanidagi 41-umumta’lim maktabida bölib ötdi.

Tadbirda universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov boşçiligidagi universitet rahbariyati vakillari hamda maktab jamoasi iştirok etdi. Marosimda mehmonlar tantanali kutib olinib, markaz joylaşgan yangi ta’mirlangan va zamonaviy jihozlangan öquv xonasining oçiliş lentasi kesildi.

Universitet vakillari markazning maqsad va vazifalari, xorijiy tillarni öqitişda zamonaviy yondaşuvlardan foydalaniş, öquvçilarning til bilimi va muloqot könikmalarini rivojlantiriş hamda maktab va oliy ta’lim muassasasi örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş masalalariga töxtaldilar. Markaz öquvçilarning xorijiy tillarni çuqur örganişi va olgan bilimlarini amaliyotda qöllaşi uçun qöşimça imkoniyat yaratişi ta’kidlandi.

Şuningdek, Şayxontohur tumanidagi 41-umumta’lim maktabi öquv işlari böyiça direktor örinbosari Sanobar Turgunovna Talipova markazning oçilişi, uning öquvçilar bilimini oşiriş va xorijiy tillarni örganişga bölgan qiziqişini kuçaytirişdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Tadbir davomida maktab va universitetdan jalb etilgan volontyorlar bilan tanişuv suhbati taşkil etildi. Volontyorlar öz faoliyatlari, öquv rejalari va xorijiy tillarni örgatişda qöllaniladigan innovatsion metodikalar haqida ma’lumot berdilar.

Markaz faoliyatini rivojlantiriş va öquvçilarning bilim olişi uçun qöşimça şaroit yaratiş maqsadida universitet tomonidan maktabga zamonaviy xalqaro öquv adabiyotlari, işçi daftarlari va innovatsion qöllanmalardan iborat kitoblar töplami sovğa qilindi. Universitet vakillari tomonidan topşirilgan uşbu adabiyotlar öquvçilarning mustaqil ta’lim olişi va xorijiy tillarni özlaştirişiga kömaklaşadi.

Şayxontohur tumanidagi 41-maktabda markazning oçilişi ÖzDJTU va umumta’lim maktablari örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, öquvçilarning xorijiy tillarni puxta egallaşi hamda ularning kelajakdagi ta’lim imkoniyatlarini oşirişga qaratilgan taşabbusning navbatdagi bosqiçi böldi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube