23-dekabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi Kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo’lib o’tdi.
Ilmiy seminar yig’ilishida tadqiqotchi Lapasov Nizomiddin Shakarboyevichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlagan “Ingliz va o’zbek tillaridagi badiiy matnlarda tolerantlik kontseptining lingvokulturologik aspekti” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Dastur davomida tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollarga asosli javob berdi.
Muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.