“Butunjahon yoshlar festivali” doirasida 30-iyun kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida bir qator maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi. 

Jumladan, Sport kafedrasi va universitet Yoshlar ittifoqi masʼulligida futbol musobaqasi oʻtkazildi. 

Musobaqani universitet rektori Ilxomjon Madaminovich ochib berdi va jamoalarga omad tilab, Yoshlar kuni bilan barcha yoshlarni samimiy qutladi.

Musobaqada, umumiy hisobda, 8 ta jamoadan vakillar ishtirok etib, o'zaro toʻp surishdi. Natijalar quyidagicha: 
1-o‘rin — “Paxtakor” jamoasi
2-o‘rin — “Xuroson” jamoasi
3-o‘rin — “Shirin” jamoasi.
 
G'olib boʻlgan jamoalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube