Media savodxonlik — davr talabi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Medialingvistika va kommunikatsiya kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Dilfuza Teshabayeva Boku shahrida Ozarbayjon Respublikasi Mediani rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan “Raqamlashtirish, sun’iy intellekt va media savodxonlik” mavzusidagi xalqaro anjumanda faol ishtirok etdi.

Anjumanda O‘zbekiston, Ozarbayjon, AQSh, Ruminiya, Sloveniya, Turkiya, Qozog‘iston, Pokiston kabi mamlakatlardan yetakchi olimlar va media sohasi mutaxassislari qatnashdi. Tadbir davomida media savodxonlikni rivojlantirish, raqamli muhitda ishonchli axborot yaratish hamda media kontentlar ishlab chiqishda sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni va ahamiyati yuzasidan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Xalqaro anjuman tajriba almashish, zamonaviy media jarayonlarini tahlil qilish va akademik hamkorlikni kengaytirish uchun muhim professional muloqot maydoniga aylandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube