O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirokida Tarjimonlik fakulteti o’qituvchilari bilan ochiq muloqot o’tkazildi.

Dasturda Tarjimonlik fakulteti dekani U.Yo’ldoshev, fakultet dekan muovinlari, bir qator mas’ullar, o’qituvchilar ishtirok etdi. 

Suhbat davomida rektor talabalarning sifatli bilim olishi uchun yana-da ko’proq qulaylik va imkoniyatlar yaratish, pedagoglarga ular faoliyatini amalga oshirishda bajarishi zarur bo’lgan vazifalar, talabalar bilan ishlashda, ularga sifatli bilim berishda, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda amal qilishi kerak bo’lgan ko’nikmalar haqida so’z yuritdi va o’z tavsiyalarini berdi. 

Shuningdek, dastur davomida Tarjimonlik fakulteti o’qituvchilari rektor Ilxomjon Madaminovich va fakultet mas’ullaridan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

2024-05-17 03-05

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi