OʻDJTU Angren fakultetida Navro‘z shukuhi!
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Angren fakultetida bahor nafasi va yangilanish ayyomi — Navro‘z munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
27-mart kuni o‘tkazilgan ushbu tantana o‘ziga xos mazmun va ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Tadbirning asosiy diqqat markazida talabalarning ijodiy chiqishlari va milliy qadriyatlarimiz namoyishi turdi.

Viloyatlar madaniyati bir manzilda.
Bayramning eng qiziqarli qismi talabalar tomonidan tayyorlangan "Viloyatlar taqdimoti" bo‘ldi. Har bir guruh yurtimizning turli hududlari — voha-yu vodiyning o‘ziga xos:
-Ur-odatlari va an’analarini;
-liboslarini;
-Dasturxon bezatish sirlari va tansiq taomlarini mahorat bilan namoyish etishdi.
Fakultet hovlisi go‘yo butun O‘zbekistonni o‘zida mujassam etgan kichik va rang-barang xaritaga aylandi. Talabalarning sho‘x raqslari, milliy kuy-qo‘shiqlar va qizg‘in chiqishlari yig‘ilganlarga haqiqiy bahoriy kayfiyat ulashdi.

Navro‘z — birlik va ahillik ramzi. Bugungi tadbir nafaqat bayram, balki talabalarimizning milliy o‘zligimizga bo‘lgan hurmati va mehrini yana bir bor isbotladi.
Barcha ustoz va talabalarni Navro‘z ayyomi bilan muborakbod etamiz!