ÖZDJTU REKTORI “QAŞQADARYO TAJRIBASI”NI ÖRGANDI
2026-yil 3-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov Toşkent şahri hamda Farğona, Namangan, Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatlaridagi oliy taʼlim taşkilotlari rektorlari qatorida Qarşi davlat universitetiga taşrif buyurdi.
Taşrif Özbekiston Respublikasi Prezidentining topşiriği ijrosini taʼminlaş, Qarşi davlat universitetida şakllangan samarali faoliyat tajribasi — “Qaşqadaryo tajribasi”ni örganiş va uni respublikadagi barça oliy taʼlim taşkilotlari faoliyatiga tatbiq etiş maqsadida taşkil etildi.

Taşrif dasturi davomida rektorlar Qarşi davlat universitetida amalga oşirilgan yangilanişlar, taʼlim va ilmiy faoliyat uçun yaratilgan şaroitlar hamda zamonaviy infratuzilma bilan yaqindan tanişdilar. Xususan, 5 qavatli Tillar fakulteti binosi, “Loçin” futbol klubi stadioni, Anjumanlar saroyi, Talabalarga xizmat körsatiş markazi, Xalqaro ilmiy laboratoriyalar markazi va Yoşlar markazida yaratilgan imkoniyatlar közdan keçirildi.
Şundan söng Yoşlar markazida seminar taşkil etildi. Unda Qarşi davlat universiteti rektori D. Nabiyev oliygohning rivojlaniş körsatkiçlari, taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etiş, talabalar bandligini taʼminlaş, universitet infratuzilmasini rivojlantiriş hamda işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlikni yölga qöyiş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan taqdimot qildi.
Seminar davomida oliy taʼlim taşkilotlari faoliyatini raqamlaştiriş, öquv jarayonini samarali taşkil etiş, talabalar uçun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytiriş, ularning bandligini taʼminlaş va universitet–sanoat hamkorligini rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi. Şuningdek, ilğor tajribalarni oliy taʼlim tizimiga tatbiq etiş, özaro tajriba almaşiş va hamkorlik aloqalarini kengaytiriş yuzasidan fikr almaşildi.

Mazkur taşrif Özbekiston davlat jahon tillari universitetida ham taʼlim jarayonini takomillaştiriş, boşqaruv samaradorligini oşiriş, raqamli yeçimlarni keng joriy etiş, talabalar bandligini taʼminlaş hamda işlab çiqariş bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirişda “Qaşqadaryo tajribasi”ning samarali jihatlarini örganiş va tatbiq etiş uçun muhim ahamiyatga ega.