ÖZDJTUDA “BÖŞ IŞ ÖRINLARI YARMARKASI” TAŞKIL ETILDI

ÖZDJTUDA “BÖŞ IŞ ÖRINLARI YARMARKASI” TAŞKIL ETILDI

5-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetining Ingliz filologiyasi fakultetida bitiruvçi kurs talabalari va bitiruvçilar bandligini taʼminlaş, ularni munosib iş örinlariga yönaltiriş hamda universitet va iş beruvçi taşkilotlar örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş maqsadida “Böş iş örinlari yarmarkasi” taşkil etildi.

Tadbirni ÖzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov oçib berdi. Rektor öz nutqida yoşlar bandligini taʼminlaş, ularning kasbiy salohiyatini röyobga çiqariş, mehnat bozorida talab yuqori bölgan yönalişlar böyiça raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaş hamda oliy taʼlim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş muhimligini taʼkidladi.

Şuningdek, tadbirda IELTS House öquv markazi direktori Elyor Alamuratov hamda Wise School NTM masʼul xodimi Şoxrux Xatamov sözga çiqib, yoş mutaxassislar uçun yaratilayotgan imkoniyatlar, mehnat bozoridagi dolzarb talablar, kasbiy rivojlaniş istiqbollari va taşkilotlaridagi mavjud vakansiyalar haqida maʼlumot berdilar.

Yarmarka Ingliz filologiyasi fakulteti, Karyera markazi va Registrator ofisi hamkorligida taşkil etildi. Unda 10 dan ortiq davlat va nodavlat taşkilotlari, bank-moliya muassasalari, taʼlim markazlari hamda xizmat körsatiş sohasi vakillari iştirok etdi.

 


Tadbir davomida bitiruvçi kurs talabalari va bitiruvçilar iş beruvçilar bilan bevosita muloqot qiliş, mavjud vakansiyalar bilan tanişiş, rezyumelarini taqdim etiş, işga joylaşiş va kasbiy rivojlaniş böyiça tavsiyalar oliş imkoniyatiga ega böldilar.

Mazkur yarmarka bitiruvçilar va iş beruvçilar örtasida samarali muloqotni yölga qöyiş, yoşlarning bandlik imkoniyatlarini kengaytiriş hamda universitetning mehnat bozori bilan aloqalarini yanada mustahkamlaşga qaratilgan muhim tadbir böldi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube