ÖZDJTUDA PETRONAS EGIZAK MINORALARI (KLCC) ARXITEKTURAVIY MODELINI UNIVERSITETGA TAQDIM ETIŞ MAROSIMI BÖLIB ÖTDI

ÖZDJTUDA PETRONAS EGIZAK MINORALARI (KLCC) ARXITEKTURAVIY MODELINI UNIVERSITETGA TAQDIM ETIŞ MAROSIMI BÖLIB ÖTDI

31-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Malayziyaning Universiti Tun Hussein Onn Malaysia (UTHM) universiteti professor-öqituvçilari va talabalari tomonidan yaratilgan Petronas egizak minoralari (KLCC) arxitekturaviy modelini tantanali qabul qiliş-topşiriş marosimi ötkazildi.

Dastlab, ÖzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda UTHM delegatsiyasi vakillari iştirökida rasmiy uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuv yakunida universitet rahbariyati va Malayziya delegatsiyasi arxitekturaviy model örnatilgan hududga taşrif buyurdi.

 



Marosim boşlovçining kiriş sözi bilan boşlandi. Şundan söng ÖzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tabrik nutqi bilan çiqib, ikki universitet örtasidagi döstlik, özaro işonç va xalqaro hamkorlik aloqalarining ahamiyatini alohida taʼkidladi.

Marosimning asosiy qismida UTHM professor-öqituvçilari va talabalarining mehnati natijasida bunyod etilgan Petronas egizak minoralari (KLCC) arxitekturaviy modeli Özbekiston davlat jahon tillari universitetiga tantanali ravişda topşirildi.

Mazkur loyiha ikki universitet örtasida 2025-yil 12-noyabrda imzolangan hamkorlik memorandumi doirasidagi amaliy işlarning muhim natijalaridan biri sifatida eʼtirof etildi.

Şundan söng universitet rahbariyati, Malayziya delegatsiyasi va tadbir iştirokçilari arxitekturaviy model bilan yaqindan tanişib, uning meʼmoriy yeçimi, quriliş jarayoni hamda loyiha ustida olib borilgan işlar yuzasidan fikr almaşdilar.

Marosim davomida loyihaning amalga oşirilişiga munosib hissa qöşgan UTHM professor-öqituvçilari va talabalariga samimiy minnatdorlik bildirildi. Tadbir yakunida iştirokçilar esdalik uçun jamoaviy suratga tuşdilar.

 



Petronas egizak minoralari (KLCC) arxitekturaviy modeli endilikda ÖzDJTU hududida Özbekiston va Malayziya örtasidagi döstlik, ilmiy-maʼrifiy aloqalar va barqaror xalqaro hamkorlikning ramzi sifatida örin egalladi.
 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube