ÖZDJTUDA PhD DISSERTATSIYASI HIMOYASI BÖLIB ÖTDI
23-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Tuyçiyev Sobir Abdusodikoviçning 10.00.13 – Qiyosiy va çoğiştirma tilşunoslik ixtisosligi böyiça filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlagan «Fransuz va özbek tillarida AKT terminlarining struktur-semantik va funksional xususiyatlari» mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi bölib ötdi.

Ilmiy kengaş majlisida ÖzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, dissertatsiyaning rasmiy opponentlari şuningdek, ilmiy jamoatçilik vakillari iştirok etdi.
Himoya jarayonida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning nazariy va amaliy ahamiyati muhokama qilindi. Tadqiqotda fransuz va özbek tillaridagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari terminlarining struktur-semantik xususiyatlari, ularning til tizimidagi öʼrni hamda funksional qöllanilişi qiyosiy tahlil etilgan.

Rasmiy opponentlar dissertatsiya işi yuzasidan öz fikr-mulohazalarini bildirib, tadqiqotning ilmiy jihatlari va natijalariga töxtaldilar. Himoya davomida mavzu yuzasidan fikr alışinuvi va savol-javoblar bölib ötdi.