ÖZDJTUDA PhD DISSERTATSIYASI HIMOYASI BÖLIB ÖTDI
2026-yil 2-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Murtazayeva Aisafar Bazarkulovnaning 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi böyiça pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlangan «Menejment yönalişi talabalarining çet tilida kasbiy muloqot madaniyatini rivojlantiriş» mavzusidagi dissertatsiya işi himoyasi bölib ötdi.

Himoya jarayonida ÖzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda dissertatsiyaning rasmiy opponentlari — pedagogika fanlari doktori, professor Yakubbayev Murodilla Maʼrufoviç va pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD), dotsent Abdullayeva Lola Tohirovna iştirok etdi.
Dissertatsiya himoyasi Ilmiy kengaş majlisida oflayn hamda Zoom platformasi orqali onlayn şaklda taşkil etildi. Majlis davomida tadqiqot işi yuzasidan ilmiy muhokamalar olib borilib, talabgorning savollarga javoblari tinglandi.
