O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti akademik litseyi ichki monitoring guruhining 2023-2024-o’quv yili 1-semestr natijalariga ko'ra akademik litsey pedagog - xodimlarining faoliyati tahlil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-dekabrdagi “Iqtidorli yoshlarni saralab olish tizimi va akademik litseylar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g‘risida”gi 4910-sonli qarorining ijrosini ta’minlashda hamda akademik litseyning taʼlim jarayoni, o’sib kelayotgan yosh avlodga to’laqonli taʼlim berishda innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish, o’qitish tizimini takomilashtirish ishlarida faol ishtirok etayotgan yuqoridagi pedagoglar "Eng namunali o'qituvchi" deb topildi.
O'zining fidoiyligi, faoligi, samarali mehnatlari, yuqori natijalari va erishgan ulkan yutuqlari uchun akademik litsey ustozlariga tashakkur bildiramiz.
Ular bizning yo'lboshchimiz va shamchirog'imizdir.