1-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi Gruziyaning yetakchi xususiy oliy ta’lim muassasalaridan biri — University of Georgia’ga tashrif buyurdi

Mazkur universitet QS xalqaro reytingida Yevropa miqyosida biznes yo‘nalishi bo‘yicha TOP 100 talik, texnik yo‘nalishlarda TOP 200 talik hamda ijtimoiy yo‘nalishlarda TOP 300–400 talikdan o‘rin egallagan.

 

 

Uchrashuvda universitet rektori, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori, ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori hamda San’at va gumanitar fanlar fakulteti dekani ishtirok etdi. Tomonlar O‘zDJTUda Gruzin tili markazini tashkil etish, gruzin tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yish, talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirish hamda ilmiy hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

University of Georgia rektori Konstantin Topuria hamkorlikning barcha yo‘nalishlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi. O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov esa talabalar uchun yozgi lagerlar tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar doirasida hamkorlikni kengaytirish hamda qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Gruziya tomoni ushbu tashabbuslarni mamnuniyat bilan qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube