O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasining Italiyaga xizmat safari
14-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida universitet delegatsiyasining Italiyaga xizmat safari oldidan kuzatuv marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi. Rektor tashrif oldidan o‘z tavsiyalarini berib, xorijiy hamkorlikni mustahkamlashda, tarjimonlik sohasida ilg‘or tajribalarni o‘rganishda universitet nomidan faol ishtirok etish lozimligini ta’kidladi
2025-yil 14–21-may kunlari delegatsiya a’zolari Italiya Respublikasining Milan, Bergamo va Insubriya universitetlariga tashrif buyurishadi. Tashrif davomida tomonlar o‘rtasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish, Erasmus+ dasturi doirasida yangi loyihalarni ishlab chiqish, tarjimonlar tayyorlash yo‘nalishida tajriba almashish va hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Safarda quyidagi vakillar ishtirok etmoqda:
Ulug‘bek Yo‘ldoshev – Tarjimonlik fakulteti dekani
Kamola Qodirova – Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri
Bahora Ergasheva – Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri
Xusnobod Xushvaqtova – Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi professori
Mazkur tashrif O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan xalqaro maydonda ilmiy-akademik hamkorlikni kengaytirish va tarjimonlik ta’limini yanada zamonaviylashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘lib xizmat qiladi.