Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Times Higher Education agentligi oʻzining World University Rankings – 2024 reyting natijalarini eʼlon qildi.
Bu yil respublikamizning yana 20 ta oliy taʼlim muassasasi “reporter” maqomida qayd etilishi bilan TOP-1 000 talik reytingdan joy olish uchun daʼvogarlar oʻtgan yilgi 28 tadan 48 taga yetdi.
Ushbu reytingda universitetlarning 18 ta indikator asosida 5 ta yoʻnalishdagi samaradorlik koʻrsatkichlari baholandi: oʻqitish, tadqiqot muhiti, tadqiqot sifati, sanoat va xalqaro istiqbollar.
Mazkur 48 ta oliy taʼlim muassasasi THEning nufuzli reytinglariga kirish uchun nomzod sifatida tanlanib, bunda reyting agentligi ularga yaqindan yordam beradi.
Maʼlumot oʻrnida, joriy yil ushbu reytingda 108 ta davlatdan 1 904 ta universitet faoliyatini baholash boʻyicha maʼlumot taqdim etgan boʻlib, ulardan 769 tasi “reporter”, yaʼni daʼvogar universitetlar maqomiga ega boʻldi.
- 2023-09-29 12-40