O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallar va ularda maqolalar nashr qilish tartiblari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va doktorantlar ishtirok etdilar.
Seminar-treningni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
• Universitet rektori boshchiligida Malayziya va Indoneziyaga tashrifi doirasida Indoneziyaning Scopus ma’lumotlar bazasida Wacana ilmiy jurnaliga maqola nashr etish;
• Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallar va ularda maqola nashr qilish tartiblari;
• Soxta yoki dublikat (klon) veb saytga ega bo‘lgan jurnallardan himoyalanish va yuqori ilmiy ko‘rsatkichga ega jurnallarni aniqlash, ularda maqola nashr etish tartibi.
Seminar-trening yakunida professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.