O‘zbekiston–Yaponiya ta’lim va ilm-fan hamkorligida yangi istiqbollar
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yaponiya Toyo University Prezidenti, professor Etsuko Yaguchi boshchiligidagi delegatsiya hamda O‘zDJTU Qo‘shma ta’lim dasturlari rahbari, professor Feruza M. Rashidova o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokaralar davomida Toyo University va O‘zDJTU o‘rtasidagi akademik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, xususan, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.
Tomonlar hamkorlikni ikki bosqichda rivojlantirish masalasida fikr almashdilar:
birinchi bosqichda — magistratura yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish;
keyingi bosqichda — o‘zaro manfaatli qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘yish.
Uchrashuvda ta’lim dasturlarini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, magistrantlar va tadqiqotchilar uchun yangi akademik imkoniyatlar yaratish hamda ikki universitet o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur kelishuvlar O‘zDJTU va Toyo University o‘rtasidagi akademik hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab berdi.
2026-09-08 12-49