10-may kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yillik yubileyi nishonlandi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov samimiy tilaklari va bayram qutlovi bilan tadbirni ochib berdi. Bayram tadbirida madaniy chiqishlar namoyish etildi. Oʻzbekiston xalq artisti Erkin Komilov, yozuvchi va shoira Nazira as-Salom kabi taniqli sanʼat vakillari oʻz ishtiroki bilan tadbirga koʻrk bagʻishladi. Ichki ishlar vazirligi va Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi isteʼdodli ijrochilarining ishtiroki tadbirga maʼdaniy rang-baranglik, yuqori kayfiyat baxsh etib, bayram dasturini yanada boyitdi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 75 yillik yubiley tantanasi koʻtarinki kayfiyatda nishonlandi.

2024-05-14 11-08

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi