OʻzDJTU bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar davom etmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda bitiruvchi yoshlar bandligini oshirish maqsadida Toshkent shahar Yoshlar markazida oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha hududiy shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur shtab faoliyatida universitetning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov boshchiligidagi ishchi guruh faol ishtirok etib, bitiruvchilarning bandlik holati o‘rganildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, doimiy yashash manzili Toshkent shahrida bo‘lgan 947 nafar bitiruvchining 521 nafari (55,2 foiz) doimiy ish o‘rniga ega ekani aniqlandi. Ish bilan band bo‘lmagan 426 nafar bitiruvchi bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazilib, ularning kasbiy qiziqishlari va ishga joylashish ehtiyojlari o‘rganildi.
O‘rganishlar yakunida 3 nafar bitiruvchi mavjud vakant ish o‘rinlariga tavsiya etilib, ishga joylashtirildi. Bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar izchil davom ettirilmoqda.
2026-07-21 12-31