O‘zDJTU delegatsiyasi Selchuk universitetidagi malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladi

 O‘zDJTU delegatsiyasi Selchuk universitetidagi malaka oshirish dasturini muvaffaqiyatli yakunladi

Turkiyaning Konya shahridagi Selchuk universitetida qisqa muddatli malaka oshirish kursida ishtirok etayotgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi tomonidan ilmiy-ma’rifiy tadbirlar doirasida qator ma’ruzalar taqdim etildi.

Jumladan, professor-o‘qituvchilar G‘anisher Mamatov “Raqamli transformatsiya sharoitida jamoatchilik nazoratining zamonaviy mexanizmlari”, Raxmarilla Xolmuradov “Turkiy davlatlar integratsiyasi sharoitida iqtisodiy fanlar tizimini modernizatsiya qilishning strategik yo‘nalishlari”, Zokirjon Zamonov “Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuv va fanlararo integratsiyalashuv masalalari” hamda To‘lqin Axmedov “Movarounnahrdan Anadoluga ijtimoiy bilimlarning ko‘chishi: tarixiy tahlil” mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

Tashrif yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori nomidan Selchuk universiteti rahbariyatiga esdalik sovg‘alari topshirildi. Uchrashuvlar davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi ilmiy-akademik hamkorlikni yanada kengaytirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Shundan so‘ng O‘zDJTU delegatsiyasi Konya shahridagi Selchuk universitetidagi qisqa muddatli malaka oshirish dasturini yakunlab, Denizli shahridagi Pamuqqal’a universitetida navbatdagi malaka oshirish faoliyatini boshladi.

Dastur doirasida Pamuqqal’a universiteti bilan ikki tomonlama ilmiy-akademik aloqalarni yanada rivojlantirish, universitet kutubxonalari va ilmiy tadqiqot markazlari faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, fakultetlar hamda kafedralar o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube