Hozirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov xizmat safari bilan Germaniya davlatida boʻlib turibdi.
Safar doirasida 21-may kuni mamlakatning Magdeburg Stendal oliy oʻquv yurtiga tashrif buyurdi. OʻzDJTU rahbarini Magdeburg -Stendal oliy oʻquv yurti rahbariyati vakillari kutib oldi.
Shundan soʻng, ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Magdeburg-Stendal oliy oʻquv yurti rektori Shvars xonim, Erasmus loyihasi koordinatori Karsten Bexrend janoblari va xalqaro boʻlim boshligi Krumm xonim ishtirok etdi.
Uchrashuv avvalida, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet faoliyati haqida soʻzlab berdi va universitet faoliyatiga oid videolavha namoyish etildi.
Shu oʻrinda, Magdeburg -Stendal oliy oʻquv yurti faoliyati ham tanishtirib oʻtildi. Magdeburg-Stendal oliy oʻquv yurti professori Karsten Bexrend oliy oʻquv yurti tuzilishi, oʻquv tizimi. Fan modullari haqida taqdimot orqali ishtirokchilarga soʻzlab berdi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlik boʻyicha oʻz takliflarini berib oʻtdi. Yuqori darajada tashkil etilgan uchrashuvda, ikki oliygoh oʻrtasida Erasmus shartnomasi imzolandi.
Unga koʻra, 2024-yil kuz oylaridan boshlab, universitetimiz professor-oʻqituvchilari grant asosida malaka oshirib kelish, universitetimiz tarjimonlik fakulteti talabalari ham shu paytdan boshlab, Magdebugr-Stendal oliy oʻquv yurtida grant asosida bir semestr davomida taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.
Kelishuvlar asosida tashkil etilgan uchrashuvdan soʻng, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov Magdebugr-Stendal oliy oʻquv yurtidagi dars mashgʻulotlarida ishtirok etib, talabalar bilan jonli muloqot qildi.