O‘zDJTU Rus filologiyasi fakultetida “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” o‘tkazildi
4-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakultetida bitiruvchi kurs talabalari uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi” tashkil etildi. Tadbir talabalarning bandligini ta’minlash, ularning ishga joylashishiga ko‘maklashish hamda mehnat bozoriga muvaffaqiyatli kirib borishlari uchun qulay sharoit yaratish maqsadida o‘tkazildi.
Mazkur yarmarkani universitet rektori I.M. Tuxtasinov ochib berdi. O‘z nutqida rektor yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda ta’lim va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

Tadbirda umumta’lim maktablari va nodavlat ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etib, bitiruvchilarga mavjud vakant ish o‘rinlari hamda mehnat faoliyatini boshlash uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdilar. Jumladan, Zangiota tumanidagi 3-sonli maktab, Shayxontohur tumanidagi 167-sonli maktab, Yashnobod tumanidagi 161-sonli va 151-sonli maktablar, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 187-sonli maktab, Chilonzor tumanidagi 178-sonli maktab, Yangihayot tumanidagi 32-sonli maktab, Yunusobod tumanidagi 274-sonli maktab, Olmazor tumanidagi 159-sonli maktab hamda NTM Thompson School vakillari yarmarkada faol qatnashdilar.
Tadbir davomida bitiruvchilar ish beruvchilar bilan bevosita muloqot qilib, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ishga qabul qilish tartibi va kasbiy rivojlanish istiqbollari yuzasidan batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ishtirokchilar ta’lim muassasalari tomonidan taklif etilayotgan vakansiyalar bilan tanishib, kelgusidagi mehnat faoliyati uchun muhim tavsiyalar oldilar. Yarmarka ochiq muloqot maydoni sifatida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida samarali hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi.

Yarmarka yakunida bir qator bitiruvchilar va ta’lim muassasalari vakillari o‘rtasida dastlabki ishga joylashish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Mazkur tadbir yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiya qilish hamda ta’lim muassasalari va ish beruvchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.