OʻzDJTU va Portsmouth universiteti professorlari oʻrtasida uchrashuv boʻlib o‘tdi

 

6-mart kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Buyuk Britaniyaning Portsmouth universiteti professorlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Mazkur uchrashuvda xalqaro hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

 

Tadbirda OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik boʻyicha mutasaddilar hamda 3-Ingliz tili fakulteti professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi. Portsmouth universiteti professorlari Peter Watkins va Gulsa Kutuk Ag bilan uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

 

Ingliz tilini oʻqitishni takomillashtirish boʻyicha hamkorlikdagi loyihalar, yangi oʻquv reja va dasturlar ishlab chiqish hamda sinovdan oʻtkazish;
Ingliz tili oʻqituvchilari uchun seminar-treninglar tashkil etish;
Hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid boshqa masalalar.

 

Uchrashuv samarali oʻtib, tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash borasida kelishuvga erishdilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube