O‘zDJTUda dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi
25-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi o‘tkazildi. Tadbir offline shaklda hamda ZOOM dasturi orqali onlayn tarzda tashkil etildi.
Seminarda Qo‘chqorova Sadoqat Toshpo‘latovna tomonidan 10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Turli janr matnlarida simvolik obrazning voqelanishi va tarjima muammolari (fransuz va o‘zbek tillari materialida)” mavzusidagi dissertatsiya filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun muhokama qilindi.
Rasmiy opponentlar va ilmiy ekspertlar ishtirok etdi. Seminar davomida dissertatsiya ishi atroflicha muhokama qilindi, rasmiy opponentlar tomonidan ilmiy va amaliy jihatlari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.