O‘zDJTUda italiyalik talabalar uchun “Yozgi maktab” loyihasi boshlandi

O‘zDJTUda italiyalik talabalar uchun “Yozgi maktab” loyihasi boshlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan universitetning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash hamda xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Milan zamonaviy tillar va kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun “Yozgi maktab” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasida 18 nafar talaba va 4 nafar professor-o‘qituvchidan iborat delegatsiya 2026-yil 30-may kuni Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Mehmonlar uchun 30–31-may kunlari Toshkent shahrining tarixiy obidalari, madaniy maskanlari hamda diqqatga sazovor joylariga sayohatlar uyushtirildi.

30-maydan 8-iyunga qadar davom etadigan “Yozgi maktab” dasturi ishtirokchilarga o‘zbek tili, madaniyati, urf-odatlari va milliy qadriyatlarini yaqindan o‘rganish imkoniyatini yaratadi. Dasturdan o‘zbek tili va madaniyatiga bag‘ishlangan darslar, seminar-treninglar, madaniy tadbirlar hamda Samarqand va Buxoro kabi tarixiy shaharlarga tashriflar o‘rin olgan.

Mazkur loyiha xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish, talabalarning madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalarini boyitish hamda O‘zbekistonning boy tarixiy-madaniy merosini xorijiy yoshlarga keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube