O‘zDJTUda “Quvnoqlar va zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik-tanlovining 2-yarim final bosqichi bo‘lib o‘tdi
27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Quvnoqlar va zukkolar: Rektor kubogi” ko‘rik-tanlovining ikkinchi yarim final bosqichi o‘tkazildi.
Ushbu bosqichda quyidagi jamoalar o‘z chiqishlarini namoyish etdilar:
• Tarjimonlik fakulteti – “Yo‘qolgan tarjimonlar”
• 1-Ingliz tili fakulteti – “Brothers”
• Sharq filologiyasi fakulteti – “Kosmonavtlar”
• Roman-german filologiyasi fakulteti – “TTQ”
• Xalqaro jurnalistika fakulteti – “Aligarx”
Tanlov uch bosqichdan iborat bo‘lib, jamoalarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholandi.
Natijalar:
1-o‘rin – Roman-german filologiyasi fakultetining “TTQ” jamoasi
2-o‘rin – Xalqaro jurnalistika fakultetining “Aligarx” jamoasi
Qo‘shimcha yo‘llanma – Sharq filologiyasi fakultetining “Kosmonavtlar” jamoasi
Final 12-dekabr kuni bolib o'tadi.