O‘zDJTUda shaxmat musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zDJTUda shaxmat musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan tashkil etilgan shaxmat musobaqalari yakunlandi.

 



Musobaqalarda universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, ishchi-xodimlar, talaba-yoshlar hamda Uchtepa tumani mahallalaridan tashrif buyurgan yoshlar faol ishtirok etdi. Bellashuvlar o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida toifalarda tashkil etilib, ishtirokchilar yuqori intellektual salohiyat, mantiqiy fikrlash va strategik yondashuvini namoyon etdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Taqdirlash marosimida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova g‘olib va sovrindorlarga diplomlar, sport medallari hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alarini tantanali ravishda topshirdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar g‘oliblarni samimiy qutlab, ularga kelgusidagi musobaqalarda ham ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube