O‘zDJTUda Yevropa delegatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakili bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
10-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Yevropa delegatsiyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi Siyosiy masalalar bo‘yicha mas’ul xodimi Michaela Zelenanska xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev ishtirok etdi.
Muloqot davomida universitetda “Yevropa tillari kuni”ni yuqori saviyada tashkil etishning tashkiliy va moliyaviy masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etishi rejalashtirilayotgan diplomatik vakolatxonalar, xalqaro tashkilotlar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillarini jalb etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, qo‘shma madaniy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish hamda ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash yuzasidan hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
2026-07-14 01-31