27-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishining ikki ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan tinglovchilarning bitiruv loyihalari himoyasi bo‘lib o‘tdi.

1. Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili
Mazkur yo‘nalish tinglovchilari Rossiya Federatsiyasining QS World University Rankings bo‘yicha TOP-300 talik oliygohi — Sankt-Peterburg davlat universiteti (SPbDU) bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo‘shma malaka oshirish dasturi asosida o‘qitildi.

 

 

2. Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili
Ingliz tili yo‘nalishi tinglovchilari chet tilini o‘qitish metodikasi, muqobil dars modellarini yaratish, interfaol yondashuvlar, kommunikativ kompetensiyani shakllantirish hamda ta’lim jarayonida zamonaviy raqamli vositalardan foydalanish bo‘yicha o‘z bitiruv loyiha ishlari bilan qatnashdilar. Ularning loyihalarida innovatsion dars ssenariylari, o‘quv resurslarini samarali tanlash, PBL, CLIL hamda AI-integratsiyalashgan dars metodlari yoritildi.

Tadbirda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etib, bitiruvchilarni tabrikladi hamda ularning o‘quv jarayonidagi ishtiyoqi va professional o‘sishiga yuqori baho berdi.

Mazkur yakuniy bosqich tinglovchilarning kasbiy o‘sishi, metodik tayyorgarligi va ta’lim jarayonida innovatsion yondashuvlarni qo‘llash bo‘yicha muhim ahamiyat kasb etadi. 

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube