11-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.
Unda Azimova Feruza Xujamkulovna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi (Ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha “Neft-gaz sanoatiga oid terminlarni o‘qitishda talabalarning strategik kompetensiyasini rivojlantirish” mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qildi.
Himoyada universitet ilmiy rahbariyat vakillari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Rasmiy opponentlar ham faol qatnashib, dissertatsiya ishini baholadi.
Himoya offline va ZOOM onlayn platformasi orqali amalga oshirildi.
Dissertatsiya himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi, ilmiy kengash tomonidan yuqori baho berildi va ilmiy daraja olish uchun tavsiya etildi. Ushbu tadbir nafaqat dissertantning ko‘p yillik fidokorona mehnati va ilmiy izlanishlarining natijasi sifatida qadrlandi, balki universitet jamoasi uchun pedagogika fanlari sohasidagi ilmiy izlanishlar va amaliy tajribani boyituvchi muhim voqea sifatida e’tirof etildi.