2025-yil 29-dekabr kuni PRESETT dasturi doirasida milliy konsultantlar tomonidan Ingliz tili 1 va 2-fakultetlarining mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari uchun “Bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda uzluksiz kasbiy rivojlanish va reflektiv amaliyotni transformatsiyalash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening milliy konsultantlar Nilufar Muxammedova va Gulnora Nasirova tomonidan olib borildi. Tadbirda bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida xalqaro standartlarga mos aniq ta’lim mezonlarini joriy etish, kasbiy rivojlanishning uzluksizligini ta’minlash hamda reflektiv yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur trening PRESETT dasturi orqali Britaniya Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirish (AELLCA) tashabbusi doirasida tashkil etilib, hududda inklyuziv ta’lim tizimini rivojlantirish va ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan. Dasturning asosiy akademik hamkori Buyuk Britaniyaning Norvich til ta’limi instituti hisoblanadi. Trening yakunida ishtirokchilar o‘z kasbiy faoliyatida qo‘llash uchun zarur bo‘lgan amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube