18-dekabr sanasida universitet mas’ul xodimlari — universitet profilaktika inspektori M. Nurmuhamedova, universitet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova hamda universitet psixologi Z. Xayrullayeva tomonidan “Mahalla – oilaviy poliklinika – ta’lim muassasasi” shiori ostida Jurjoniy mahallasi fuqarolari va 23-oilaviy poliklinikasi tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda keng qamrovli profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, giyohvandlik va narkojinoyatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mutaxassislar tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat barqarorligiga ko‘rsatadigan salbiy ta’siri atroflicha yoritilib, ushbu illatning ijtimoiy-psixologik oqibatlari yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Shuningdek, aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan himoya qilish har bir fuqaroning ijtimoiy va ma’naviy mas’uliyati ekani ta’kidlandi. Ushbu xavfli illat jamiyat hayotiga yashirin tahdid solib, oilalar barqarorligi va kelajak avlod taqdiriga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatishi qayd etildi.

Tadbir yakunida giyohvandlikka qarshi kurashda mahalla, tibbiyot va ta’lim muassasalari o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni kuchaytirish, yoshlar ongida sog‘lom hayotga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda profilaktik va tushuntirish ishlarini izchil davom ettirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube