Profilaktik tadbir 

 14-aprel kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakultetida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi vakillari — mayor M. Bayxurozov, podpolkovnik O‘. Imomnazarov, mayor F. Xafizov, shuningdek kursant D. Qahramov hamda Uchtepa tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimi, leytenant D. Saidov ishtirok etdilar.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan talabalarga bugungi kunda dolzarb muammolardan biri hisoblangan kiberjinoyatchilik, uning turlari, kelib chiqish sabablari hamda oldini olish choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan turli huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari, ularning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri tushuntirib o‘tildi.

Mutaxassislar tomonidan talabalarga axborot xavfsizligiga rioya qilish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, internet tarmog‘idan to‘g‘ri va oqilona foydalanish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Ushbu profilaktik uchrashuv talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, ularni turli xavf-xatarlardan ogoh etish hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube