Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I. Tuxtasinov Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M. Xamrayev bilan birgalikda universitetning 2-talabalar turar joyida bo‘ldi. 

Ob-havoning keskin sovib ketgani munosabati bilan talabalar uchun yaratilgan yashash sharoitlari joyida ko‘zdan kechirildi.

Tashrif davomida TTJda talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlarga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish zarurligi ta’kidlandi.

Rektor kirish-chiqish yo‘laklarida muzlash holatlarining oldini olish, sirpanchiq joylarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Shuningdek, jarayon doirasida universitetda KOICA tashkiloti tomonidan koreys tili va adabiyotini o‘qitishni takomillashtirish maqsadida O‘zDJTUda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Sharq filologiyasi fakultetida ajratilgan auditoriyalarda olib borilayotgan ta’mirlash va rekonstruksiya jarayonlari bilan ham tanishildi. Mazkur auditoriyalar loyiha talablariga muvofiq zamonaviy o‘quv jarayonini tashkil etishga moslashtirilmoqda.

Shu bilan birga, rektor 4-, 5- va 6-talabalar turar joylarida ham bo‘lib, u yerdagi vaziyatni joyida tahlil qildi, yashash sharoitlarini ko‘zdan kechirdi hamda talabalar bilan bevosita suhbatlashdi.

Mazkur tashriflar jarayonida talabalar xavfsizligi va qulayligini ta’minlash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube