Rus filologiyasi fakulteti yangi o‘quv yiliga tayyor!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Rus filologiyasi fakulteti 2026–2027-o‘quv yilini yangi muhit va yangilangan sharoitlar bilan kutib olishga tayyor.
Fakultetda o‘quv auditoriyalari hamda umumiy foydalanish joylari tartibga keltirilib, talabalar uchun ta’lim olishga qulay sharoitlar yanada yaxshilandi. Yangilangan muhit talabalarning rus tilini chuqur o‘zlashtirishi, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlashi, ijodiy fikrlashi va zamonaviy ko‘nikmalarini rivojlantirishiga xizmat qiladi.
Yangi o‘quv yilida talabalarni yangi bilimlar, qiziqarli loyihalar, ijodiy izlanishlar va yangi imkoniyatlar kutmoqda.
Rus filologiyasi fakulteti — til, bilim va yangi imkoniyatlar sari!