17-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan doktorantlar uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur seminar “Dissertatsiya tayyorlashda tadqiqotchi e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan muhim jihatlar” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda O‘zbekiston Xalqaro Islomshunoslik akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa fanlari doktori Nuriddin Tashpulatovich Qolqanov ma’ruza qildi.

Tadbir davomida dissertatsiya yozish jarayonida ilmiy adabiyotlar ro‘yxatini shakllantirishda foydalaniladigan nufuzli ma’lumotlar bazalari, avtoreferat tayyorlash talablari, ilmiy maqola yozish hamda ularni OAKga taqdim etish tartibi yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, konferensiyalar uchun tezis tayyorlash, ilmiy ishda plagiatdan qochish yo‘llari va akademik halollik masalalariga alohida urg‘u qaratildi.

Seminar yakunida doktorantlar tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube