Sharq filologiyasi fakulteti ustozlari nufuzli stipendiya sohibiga aylandi

2025-yil 16-aprel O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Koreys filologiyasi kafedrasi o‘qituvchilari O‘g‘iloy Xujayeva hamda Husnida Aslanova Koreya xalqaro almashinuv jamg‘armasining koreys tili bo‘yicha doktorantura bosqichi uchun ajratilgan nufuzli stipendiyasi sohibiga aylanishdi.

Ushbu stipendiya va sertifikatlar shu kuni Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi bosh maslahatchisi janob Kwon San Hyong tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

 Ma’lumot uchun: Koreya xalqaro almashinuv jamg‘armasi (KF) tomonidan xorijdagi koreyashunoslik yo‘nalishida tahsil olayotgan doktorantlarga mo‘ljallangan stipendiya dasturi 1991-yildan buyon amalga oshirib kelinadi. Dasturning asosiy maqsadi koreyashunos olimlarni tayyorlash, koreya tili, adabiyoti, madaniyati va jamiyatiga oid ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Ustozlarimizni ushbu yuksak yutuq bilan tabriklaymiz va ilmiy faoliyatlarida yana-da ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube