24-yanvar - Xalqaro ta’lim kunini nishonlash 2018-yil 3-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan bo’lib, uni 58 a’zo davlat qo’llab-quvvatlagan. Hujjatda ta’lim barqaror jamiyatlarni yaratish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qo’shishda asosiy rol o’ynashi qayd etilgan. Ta’lim olish huquqi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 26-moddasida mustahkamlangan. U bepul boshlang’ich ta’lim olishga undaydi. 1989-yilda qabul qilingan Bola huquqlari to’g’risidagi konventsiyada davlatlarning oliy ta’lim barcha uchun ochiq bo’lishini ta’minlash majburiyati to’g’risidagi qonun mavjud.

Xalqaro ta’lim kuni muhim ta’lim funksiyasiga ega. Bu dunyo bo’ylab har beshinchi bola ta’lim olish imkoniga ega bo’lmagan jiddiy muammoga e’tiborni qaratishga yordam beradi. YUNESKO ma’lumotlariga ko’ra, hozircha 262 million bola va yoshlar maktabdan tashqarida, 617 million bola va o’smirlar o’qish va matematikadan asosiy ko’nikmalarga ega emas. Afrikaning Sahroi Kabiridagi qizlarning 40 % dan kamrog’i boshlang’ich o’rta ta’limni tamomlagan va taxminan, to’rt million qochqin bolalar va yoshlar maktabda tahsil olish imkoniyatidan mahrum bo'lib yashab kelmoqda..
BRM ning 4-yo'nalishi bo'lgan “Sifatli ta’lim” ijrosi bo'yicha O’zDJTU da 8-noyabr kuni Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A.Nasirov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O.Yusupov rahbarligida O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi direktor o‘rinbosari J.Gulyamova va britaniyalik ekspert, Xalqaro rivojlanish guruhi dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha katta maslahatchi Sam Thompson bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Muloqot chog‘ida britaniyalik ekspertga O‘zbekistonda, xususan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida ingliz tilini o‘qitishni takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, xalqaro loyihalar hamda hamkorlik aloqalari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, inklyuziv ta’limni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Britaniyaning Portsmut va Lankaster universitetlari bilan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyiha kordinatorlari S.Agzamxodjaeva va G.Muxamedova o‘z reja va takliflari bilan o‘rtoqlashdi.

Sam Thompson ingliz tili mutaxassislarini tayyorlash borasida olib borilayotgan samarali islohotlar tahsinga sazovorligi, kelgusida ushbu yo‘nalish bo‘yicha turli loyihalar va tadbirlarni tashkil qilishda amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

    

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube