Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tadbir tashkil etildi.

Talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan tadbirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va xodimlari ishtirok etdi.

Tajribali xodimlar tomonidan namoyish etilgan jangovar shaylikni oshirishga oid mashqlar va koʻrgazmali chiqishlar talabalar va qatnashchilarga manzur boʻldi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube