“TALABALAR TEATR STUDIYALARI” TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
26-oktabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida “Giyohvandlikka «YÖQ» deyiş — orzularga «HA» deyiş!” va “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzulariga bağişlangan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovi ötkazildi.
Tanlov davomida talabalar sahna körinişlari orqali giyohvandlikning inson hayoti va kelajagiga salbiy ta'sirini yoritib, yoşlarni soğlom turmuş tarziga amal qilişga hamda zararli illatlardan yiroq bölişga çorladi. Iştirokçilar özlarining ijodiy yondaşuvi va sahna mahoratini namoyon etdilar.
Ğolib jamoalar universitet rektori Ilhomjon Tuxtasinov tomonidan pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Tanlov natijalariga köra, ğoliblar quyidagiça aniqlandi:
1-örin — Roman-german filologiyasi fakultetining “Közmunçoq” talabalar teatr studiyasi — 9 000 000 söm pul mukofoti.
2-örin — Ingliz tili 1-fakultetining “Zafaron” talabalar teatr studiyasi — 6 000 000 söm pul mukofoti.
3-örin — Ingliz filologiyasi fakultetining “Ibratxona” talabalar teatr studiyasi — 3 000 000 söm pul mukofoti.
Mazkur tanlov talabalarning ijodiy salohiyatini qöllab-quvvatlaş, teatr san'atiga bölgan qiziqişini oşiriş hamda yoşlar örtasida giyohvandlikka qarşi kuraşiş ğoyalarini tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ğolib jamoalarni tabriklaymiz va kelgusi ijodiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
2026-10-26 11-17