TALABALAR XAVFSIZLIGI — ENG MUHIM MASALA!

“Fevral oyi — giyohvandlikka qarshi kurashish oyligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakultetida mas’ul tashkilot va idora vakillari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ularni zamonaviy xavf-xatarlardan ogoh etish, zararli illatlarga qarshi immunitetni kuchaytirish hamda hayotiy xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

 

 

Uchtepa tumani IIO FMB TKX JKB katta tezkor vakili Juraev Nuriddin Nurtillo o‘g‘li
— giyohvandlikning inson salomatligi, ta’limi va kelajagiga yetkazadigan og‘ir oqibatlari haqida so‘z yuritib, yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirdi.

Uchtepa tumani IIO FMB HPB ATSJOO‘B inspektori, katta leytenant Karimov Baxodir Ximmatovich
— kiberjinoyatlar, internet firibgarligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlar hamda ularning oldini olish choralarini hayotiy misollar asosida batafsil tushuntirdi.

FVV akademiyasi xodimlari — mayor Sadirov Azizbek Toyirbek o‘g‘li hamda kapitan O‘rinboyev G‘olib Qobiljonovich
— yong‘in xavfsizligi qoidalari, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, turar joy va o‘quv binolarida ehtiyot choralariga amal qilish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.

Mazkur tashrif avvaldan belgilangan profilaktik chora-tadbirlarning amaliy davomi sifatida tashkil etildi. Vazirlik hujjatlariga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida yoshlar xavfsizligini ta’minlash va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, uchrashuv davomida:
-Giyohvandlik va boshqa salbiy holatlarni erta aniqlashga qaratilgan o‘quv-amaliy seminarlar mazmuni talabalarga tushuntirildi.
-Huquqbuzarliklarning oldini olish, zararli odatlarga qarshi ijtimoiy immunitetni kuchaytirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari keng yoritildi.
-Yoshlar ongida huquqiy madaniyatni shakllantirish, shaxsiy mas’uliyatni oshirish hamda jamiyat xavfsizligida har bir fuqaroning o‘rni haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Real hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan vaziyatlar muhokama qilinib, to‘g‘ri qaror qabul qilish ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Fakultet jamoasi tashrif buyurgan mutaxassislarga minnatdorlik bildirdi hamda bunday uchrashuvlar yoshlarning ongli, mas’uliyatli va hushyor shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube