«Ta’lim maydoni tendeniyalari: kompetensiyalar, innovatsiyalar va texnologiyalar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi
Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 27-dekabrdagi 490-son buyrug’iga va O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2025-yil 24-fevraldagi 87/11-08-son buyrug’iga asosan tashkil etildi.
Konferensiyani tashkillashtirishda O’zDJTU Pedagogika va psixologiya kafedrasi mas’ul vazifasini bajardi.
Dastur davomida qator mutaxassislar tomonidan «Ta’lim maydoni tendeniyalari: kompetensiyalar, innovatsiyalar va texnologiyalar» mavzusi doirasidagi masalalar boʻyicha ma’ruzalar taqdim etildi.
Jumladan, anjuman davomida quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
1-sho‘ba. Zamonaviy ta'lim tendensiyalari: uzluksiz taʼlim, sunʼiy intellekt, “Yashil shahar”, taʼlimni raqamlashtirish jarayonini rivojlantirish istiqbollari;
2-sho‘ba. Ta’lim sifatini yaxshilash: fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasining dolzarb
masalalari;
3-sho‘ba. Pedagogik kompetensiyalar, didaktik imkoniyatlar va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etishning dolzarb masalalari;
4-sho‘ba. Ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning innovatsion
tendensiyalari;
5-sho‘ba. Ta’limda tarbiyaviy, ijtimoiy ish nazariyasi, amaliyot va psixologik masalalar.