O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakulteti dekani T.S.Ismailov hamda fakultet Yoshlar ittifoqi koordinatori S.R.Saidrizayev tashabbusi bilan 2023-2024 o'quv yili mobaynida o'zining na'munali xulqi, a'lo baholari, fakultet ijtimoiy hayotidagi faolligi, jumladan, “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovlarida, “Teatr studiyalari” ko'rik tanlovlarida hamda ilmiy-akademik izlanishlari asnosida xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda o'z chiqishlari bilan tengqurlariga chinakam o'rnak bo'lib, universitet professor o'qituvchilari, talabalari hamda tyutorlarining e'tirofiga sazovor bo'lgan faol talabalar taqdirlandi. 

Tadbirni fakultet dekani T.S.Ismailov ochib berdi va kelgusida iqtidorli talabalar safi yanada kengayishini va bundanda yuqori marralarni zabt etishlariga ezgu tilaklar bildirdi. 

Yakunda fakultet rahbariyati iqtidorli talabalarimizni doimo qo'llab quvvatlashini ta'kidladi.

2024-06-13 12-56

Bizning hamkorlar
Sayt xaritasi