Hamdamova Mahzuna Tursunovna yangi lavozimga tayinlandi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida navbatdagi tayinlov amalga oshirildi.
Hamdamova Mahzuna Tursunovna O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining “Ingliz nazariy aspektlari №3” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Mahzuna Hamdamova 1979-yil 16-dekabrda Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan. 2010-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetini nemis va ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Ta’lim tizimida ko‘p yillik mehnat faoliyatiga ega bo‘lib, turli rahbarlik va pedagogik lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Yangi lavozimida Mahzuna Hamdamovaga mas’uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va yangi yutuqlar tilaymiz!
MEHNAT FAOLIYATI
1999–2012 yy. — Yashnobod tumanidagi 206-maktab nemis va ingliz tili fani o‘qituvchisi.
2012–2014 yy. — Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti qoshidagi Chilonzor akademik litseyi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.
2014–2017 yy. — Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 206-maktab direktori.
2017–2018 yy. — Toshkent shahar Maktabgacha ta’lim bosh boshqarmasi rahbar kadrlar bilan ishlash va ularni tanlab olish bo‘limi boshlig‘i.
2018–2021 yy. — Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Kadrlar bo‘limi boshlig‘i hamda “Maktabgacha ta’lim menejmenti” kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi.
2021-yil — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi.
2021–2022 yy. — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani vazifasini bajaruvchisi.
2022–2025 yy. — Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti dekani.
2025-yil — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi dotsenti.
2026-yil – hozirgi vaqtgacha — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Ingliz nazariy aspektlari №3” kafedrasi mudiri.