27-mart kuni O'sh davlat universiteti Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri Sulayman Sabirov O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakultetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani B.Kulmatov, Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'qituvchilari hamda O'sh davlat universiteti o'qituvchisi S.Sabirov o'rtasida uchrashuv tashkilucg etildi.

Jarayonda O'zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakulteti hamda O'sh davlat universitetining Jismoniy madaniyat va sport kafedrasi o'rtasida Xalqaro hamkorlik bo'yicha  memorandum imzolandi.

Uchrashuv yakunida  memorandum doirasidagi kelgusi rejalar muhokama etilib, O'sh davlat universitetining 85 yilligi munosabati bilan esdalik sovg'asi fakultetga taqdim etildi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube