28-yanvar kuni O‘zDJTUga “Rossotrudnichestvo” tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi ta’lim masalalari bo‘yicha koordinatori Suljina Irina Vladimirovna Toshkent davlat agrar universiteti prorektori M. Saidovlar bilan birgalikda tasrif buyurdi.Mehmonlarni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda kutib oldi.

 

Uchrashuv avvalida universitet rahbari Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish muhimligini ta’kidlab, O‘zDJTUda xorijiy hamkorlik, professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun yaratilayotgan xalqaro imkoniyatlar haqida qisqacha ma’lumot berdi. Mehmonlarga universitet faoliyati, xalqaro dasturlar va ilmiy-tadqiqot loyihalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda O‘zDJTU xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov, Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor M. Xamrayev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev va bo‘lim uslubchisi M. Ogay hamda Toshkent davlat agrar universiteti prorektori M. Saidovlar ishtirok etdi.

Tomonlar Rossiya va O‘zbekiston OTMlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqishdi. I. Suljina “Rossiyada ta’lim olish” elektron platformasi orqali hamkor universitetlarni topish, grant dasturlarida qatnashish va professor-o‘qituvchilar uchun bepul malaka oshirish kurslari tashkil etilganini ta’kidladi.

Uchrashuvda quyidagi masalalar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
• Rossiya tomonidan rus tili va adabiyoti bo‘yicha o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash;
• Metodik laboratoriya doirasida rossiyalik mutaxassislar bilan master-klasslar tashkil etish;
• O‘zDJTU va Rossiya OTMlari olimlarini ilmiy jurnallar tahririy hay’atiga jalb etish.

Uchrashuv yakunida fevral oyining birinchi dekadasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi va unga “Yo‘l xaritasi” ilova sifatida ishlab chiqilishi belgilandi. I. Suljina O‘zDJTU rahbariyatidan ta’lim va ilmiy-tadqiqotlar sifatini oshirish borasidagi faoliyatga oid asoslangan takliflarni ishlab chiqish va ko‘rib chiqish uchun taqdim etilishini so‘radi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube