Xalqaro hamkorlikda yangi ufqlar ochilmoqda!

Universitat de Barcelona bilan O‘zbekiston delegatsiyasi o‘rtasida yuqori darajadagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Dilrabo Baxronova hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori, professor Lochin Zaripov ishtirok etdi.

 

 

Ispaniya tomonidan universitet rektori Joan Guàrdia Olmos, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raúl Ramos Lobo hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Eva Martinez qatnashdi.

Uchrashuv davomida o‘quv va ilmiy hamkorlikni kengaytirish, akademik mobilitet va almashinuv dasturlarini rivojlantirish, shuningdek Erasmus+ doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan memorandum imzolandi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti uchun ushbu hamkorlik quyidagi strategik imkoniyatlarni yaratadi:

- xalqaro akademik almashinuv va mobilitet;
- Erasmus+ grantlari va qo‘shma loyihalar;
- o‘quv dasturlarini Yevropa standartlari asosida yangilash;
- xalqaro ilmiy tadqiqotlar va nufuzli nashrlarda ishtirok;
- ta’lim sifati va reyting ko‘rsatkichlarini oshirish;
- istiqbolda dual degree dasturlarini yo‘lga qo‘yish.

 

 

 Ushbu uchrashuv O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasidagi akademik aloqalarni yangi bosqichga olib chiqib, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro maydondagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.

Ma’lumot uchun: Universitat de Barcelona Yevropaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, xalqaro akademik markaz sifatida butun dunyoda tan olingan.

- QS World University Rankings reytingida — 160-o‘rin,
- Times Higher Education (THE) reytingida — 145-o‘rin.

 Universitet quyidagi yo‘nalishlarda alohida ajralib turadi:
— tilshunoslik va gumanitar fanlar;
— kommunikatsiya va ijtimoiy tadqiqotlar;
— innovatsion ta’lim texnologiyalari va ilmiy integratsiya.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube