2026-yil 19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazida “XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA SUN’IY INTELLEKT NAZARIYA VA AMALIYOT-II” qisqa muddatli malaka oshirish kursi doirasidagi navbatdagi seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

 Mazkur mashg‘ulot pedagogika fanlari doktori, professor Raxmonov Azizxon Bositxonovich tomonidan “Sun’iy intellektda prompting texnologiyalari va uning pedagog-o‘qituvchilar faoliyatidagi amaliy qo‘llanilishi” mavzusida olib borildi.

 Seminar davomida sun’iy intellekt vositalari bilan samarali ishlash strategiyalari, to‘g‘ri prompt tuzish tamoyillari hamda ularni ta’lim jarayonida qo‘llashning metodik jihatlari keng yoritildi. Tinglovchilar mavzu yuzasidan amaliy ko‘nikmalarni egallab, SI texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha zarur tavsiyalar oldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube