Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari faoliyati samarali tashkil etilmoqda

2025-yil 19-noyabr kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumani 299-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti, Ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchisi N. Egamberdiyeva, o‘qituvchi F. Ashurova hamda XT2-2214 guruhi talabasi Yusupova Sevinch Bahromovna ishtirokida navbatdagi ingliz tili to‘garagi tashkil etildi.

 

 

Mazkur mashg‘ulot “Learning phrasal verb LOOK and its different types of meanings through reading and speaking” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Dars 10-sinflardan tashkil etilgan variativ guruhda sinov tarzida olib borildi. Variativ guruhlarni tashkil etishdan asosiy maqsad — o‘quvchilarning ingliz tili fanining to‘rt asosiy ko‘nikmasi (Reading, Writing, Listening, Speaking) bo‘yicha bilim va malakalarini yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘quv yili yakuniga qadar B2 darajadagi til sertifikatini olishlariga ko‘maklashishdir.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga “look after”, “look for”, “look forward to”, “look up”, “look into” kabi keng qo‘llaniladigan frazal fe’llarning ma’nolari, ularning kontekst bo‘yicha farqlari va nutqda qo‘llanish xususiyatlari batafsil tushuntirildi. So‘ngra kichik guruhlar bilan o‘yinlar, rol o‘ynash (role-play), qisqa matnlarni o‘qish va muhokama qilish orqali frazal fe’llardan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalari shakllantirildi.

Dars yakunida o‘quvchilar berilgan vaziyatlarga mos ravishda frazal fe’llardan foydalanib o‘z fikrini erkin bayon qilishdi, suhbat jarayonida yangi so‘zlarni faol qo‘llashdi va nutq boyligini oshirish bo‘yicha samarali mashg‘ulotlarni bajardilar.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube