23-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 6 nafar xorijlik arab tili mutaxassisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda universitet rektori I.M. Tuxtasinov, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Arab filologiyasi kafedrasi mudiri K. Qodirova ishtirok etdi.

Mehmonlar safida Misr, Jazoir va Iroqdan taklif etilgan arab tili mutaxassislari — Sayid Muhammad Ahmad Kurayim, Muhammad Ali Abdul Vahid Ivad, Al-Zubaydi Ahmad Jasim, Nabila Nabil Tohi Kandil, Hashem Esmail Hammam Ali hamda katta o‘qituvchi Obaid Mohammad Abdelhalim qatnashdi.

Uchrashuv davomida xorijiy mutaxassislar uchun yaratilgan sharoitlar, talabalar o‘rtasida arab tiliga qiziqish va o‘zlashtirish darajasi kabi masalalar muhokama qilindi.

 

 

I.M. Tuxtasinov ta’lim sifatini oshirish, dars jarayonlarini mazmunli tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlash maqsadida darslik va qo‘shimcha o‘quv qo‘llanmalar yaratish, talabalar uchun qo‘shimcha to‘garaklar tashkil etish hamda arab davlatlari oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirish zarurligini ta’kidladi.

Universitet rahbariyati xorijlik mutaxassislar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratishini ma’lum qildi.

 


   

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube